22:21 / 30.01.2020
9
53101
Xitoydagi o‘zbek doktoranti: «O‘zbekistonga qaytib, oilamni xavfga qo‘ya olmayman»

Xitoyda biologiya yo‘nalishida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonlik doktorant Baxtiyor Sheraliyev Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalarga bu yerni tark etmaslikni maslahat berdi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.

«Biz aynan mana shundan qo‘rqyapmiz, ya'ni borganlarni tekshirib bera olish imkoni bizning Sog‘liqni saqlash tizimida bormi yoki yo‘qmi?

Virusning inkubatsion davri odamning immunitetiga qarab 2-14 kun bo‘ladi. Shu vaqt oralig‘ida sog‘lom odamdek yuraveradi, lekin atrofdagilarga virus yuqtiraveradi.

Aeroportdagi teplovizor bilan odamni isitmasi borligini bilsa bo‘ladi xolos. Yangi yuqtirgan odamda isitma bo‘lmaydi va uni teplovizor sezmaydi. Yangi yuqqanda o‘pkani rentgen qilsa ham hech narsa chiqmaydi.

Shu bois Xitoydan borganlarni 14 kun alohida izolyatsiya qilish kerak, shu vaqt oralig‘ida sog‘ tursagina uyiga yuborish kerak. Aks holda butun boshli O‘zbekistonga kasallik tarqalib ketishi mumkin.

Mana shu bois ham ketmasdan, shu yerda kutinglar, deyapmiz. Bu yerda sharoitlari bor, aniqlay olishadi. Kasal bo‘lsa, davolash imkoniyati O‘zbekistondan yaxshiroq. Vaziyatga real qaraylik. Masalan men ham uyga qaytgim kelyapti, lekin oilamning hayotini xavfga qo‘ya olmayman. Undan ko‘ra sabr qilib shu yerda kutaman», – deydi Baxtiyor Sheraliyev

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top