00:31 / 31.01.2020
4
26225
2003 yilda kashf qilingan antitana Xitoydagi koronavirusni yo‘q qila olishi aniqlandi
Foto: TASS

Xitoylik molekulyar biologlar 2003 yildagi atipik zotiljam (SARS) epidemiyasi vaqtida kashf qilingan antitanalardan biri Xitoyda avj olgan yangi turdagi koronavirus 2019-nCoV’ni yo‘q qila olishi mumkinligini aniqlashdi. Bu haqda bioRxiv elektron ilmiy kutubxonada chop etilgan maqolada aytilgan.

“SARS virusini bartaraf etuvchi CR3022 antitanasi 2019-nCoV virusiga ham faol birikishi aniqlandi. Shu bilan birga, kuchliroq bo‘lgan m396 va CR3014 antitanalari koronavirusga ta'sir qila olmagan, bu esa yangi virus inson hujayralarini zararlashida yordam beruvchi oqsil o‘ziga xos strukturaga egaligidan darak beradi”, deyilgan maqolada.

Olimlar e'tiboriga virus inson hujayralariga kirish uchun qo‘llaydigan RBD oqsili tushgan. Aynan shu oqsilga antitana asosidagi vosita qo‘llanmoqchi.

Uxandagi virusologiya instituti va Shanxaydagi Fudan universiteti olimlari bu kashfiyot ularga CR3022 moddasi koronavirusga birlasha oladigan boshqa antitanalar bilan kombinatsiyada virusning tarqalishini to‘xtatish va u keltirib chiqaruvchi zotiljamni davolash uchun ilk vositalarni tezroq yaratishga umid berishini aytishgan.

Hozirda olimlar bemorlarning qonlari namunalarini o‘rganib, koronavirus bilan CR3022’dan faolroq birikadigan boshqa antitanalarni topishga umid qilishmoqda.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top