09:53 / 31.01.2020
0
7591
AQShda O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari qurilishiga qiziqish bildirildi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov dunyodagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri “Bechtel”ning Virjiniya shtatida joylashgan innovatsion markaziga tashrif buyurib, uning hududiy hamkorlik bo‘yicha prezidenti Styuart Jones bilan uchrashdi.

Foto: iStock

Uchrashuv davomida Jones O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga o‘tishga qaratilgan islohotlar, ustuvor sohalarni modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yuqori baholagan.

Kompaniya prezidenti O‘zbekistonda investitsion loyihalarni amalga oshirishga, jumladan “Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘llari qurilishi, davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirishga qiziqish bildirgan.  

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, “Bechtel” delegatsiyasining yuqoridagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun mart oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top