18:22 / 31.01.2020
2
4892
Baxtiyor Sayfullayev: «O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini pasaytirish uchun 700 million dollar ajratish rejalashtirilgan»

Senat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev senatorlarni odamlarda ishbilarmonlik ruhini oshirish uchun ular bilan tushuntirish ishlarini olib borishga chaqirdi.

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining ilk yig‘ilishida qo‘mita raisi Baxtiyor Sayfullayev Prezident murojaatnomasida ta'kidlangan kambag‘allikni yo‘qotish borasida mutasaddilarning vazifasi haqida gapirdi.

«Prezident o‘z murojaatnomasida birinchi martaa O‘zbekistonda 4-5 million aholi kambag‘al ekanligini aytdi. Buning uchun nima qilish kerak? Davlat rahbari bu muammoga yechim ham taklif etdi.

Kambag‘allik darajasini pasaytirish uchun tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati, salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlarni yaratish bo‘yicha komleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Hamma ham tadbirkor bo‘lolmaydi. Shunday vaziyatda odamlar bilan tizimli ish olib borish kerak. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun 700 million dollar mablag‘ jalb etilishi ko‘zda tutilgan», deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Sayfullayevning qo‘shimcha qilishicha, odamlar bilan individual ishlaydigan bo‘lsak, shunda tadbirkorlikni o‘rgatib, ularning ongiga singdirishimiz mumkin. Senatorlar odamlarda ishbilarmonlik ruhini oshirish uchun ular bilan tushuntirish ishlarini olib borishlari zarur.

«Senatorlar «Har bir oila - tadbirkor» davlat dasturi ijrosini to‘liq nazoratga olishi shart», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top