20:46 / 31.01.2020
1
13587
Myanma Xitoydan kelgan samolyotni ortiga qaytarib yubordi

Myanma hukumati yo‘lovchilardan biri koronavirusga chalingani gumon qilingani bois Guanchjou shahridan kelgan samolyotni Xitoyga qaytarib yubordi.

Foto : Flickr / beangel

Bu haqda Irrawaddy jurnali yozmoqda.

Ma'lum qilinishicha, China Southern Airlines aviakompaniyasining yo‘nalishdagi samolyoti juma kuni ertalab Yangon aeroportiga kelib qo‘ngan. Yo‘lovchilardan biri, Xitoy fuqarosida shamollash belgilari aniqlanib, u koronavirusga tekshirish uchun kasalxonaga olib ketilgan, qolgan yo‘lovchilarga esa samolyotni tark etish taqiqlangan.

Keyinroq tekshiruvga va 14 kunlik karantinga rozi bo‘lgan bir necha nafar Myanma fuqarosiga samolyotdan tushishiga ruxsat berilgan. Samolyot esa qolgan yo‘lovchilari bilan ortga, Guanchjouga qaytarib yuborilgan.

Mamlakat aeroportlari va chegaralarda Xitoydan kelayotgan barcha shaxslar epidemiologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, deb yozadi jurnal.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top