09:30 / 31.01.2020
0
20590
Xitoyda noma'lum shaxs politsiyaga 500 ta himoya niqobi tashlab ketdi (video) 

Xitoyda koronavirus tarqalishi ortida himoya niqoblari tachqilligi yuzaga kelgan bir vaqtda noma'lum yigit politsiya bo‘limiga kelib, politsiyachilar uchun 500 ta niqob tashlab ketdi. 

Ushbu holat aks etgan videoda qo‘lida niqoblar qutilari bo‘lgan noma'lum shaxs politsiya bo‘limiga kirib, u yerda niqoblarni qoldirib, so‘ngra tezda jo‘nab qolganini ko‘rish mumkin. Ta'kidlanishicha, voqea Anxoy provinsiyasida yuz bergan.

“Noma'lum shaxs politsiya bo‘limiga 500 ta niqob olib kelib, so‘ngra tezda u yerdan jo‘nab qoldi. Politsiyachilar uning ortidan yugurishgan, biroq uni quvlamay, shunchaki minnatdorlik bildirib qo‘yishgan”, deyilgan videoga izohda. 

Yigitning ushbu ishi ko‘pchilik foydalanuvchilarni ajablantirgan, biroq ular yigit Xitoy uchun hozirgi murakkab vaziyatda politsiyachilar salomatligi haqida qayg‘urib, olijanoblik qilgan, degan o‘yga kelishgan.

Ayni vaqtda AQShda ham koronavirus bilan bog‘liq holda himoya niqoblari taqchilligi yuzaga keldi. Biroq AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar sarosimaga tushmaslikka va xavotirga berilmaslikka chaqirgan.

Xitoy va uning tashqarisida koronavirus keng tarqalayotgani sababli AQShda himoya niqoblariga talab ortgan. Ushbu mahsulot taqchilligi poytaxt Vashington va boshqa shaharlarda kuzatilmoqda.

AQShning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusni yuqtirish  bo‘yicha 6 ta holat qayd etilgan. Bundan tashqari, AQShda virusning odamdan odamga o‘tishi bo‘yicha birinchi holat qayd etildi: Chikagoda virus bir ayoldan qo‘shnisiga yuqqan. AQShda virusning keng tarqalishining oldini olish maqsadida 20 ta aeroportda nazorat kuchaytirilgan. Shuningdek, mamlakatning 20 dan ko‘proq shtatida 70 dan ko‘proq odam koronavirus borligiga tekshirilmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top