19:06 / 01.02.2020
0
5539

Apple Xitoydagi barcha do‘konlarini vaqtincha yopdi

Apple koronavirus tarqalishi sababli Xitoy hududidagi barcha ofis, do‘kon va servis markazlarini 9 fevralgacha yopdi.

Bu haqda korporatsiya bayonotida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, kompaniyaning Hongkong, Makao va Tayvandagi bo‘limlari ishlashda davom etadi.  

Kompaniya koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatib borish va do‘konlarini imkon boricha tezroq ochishga va'da berdi.

Apple aksariyat mahsulotlarini Xitoyda ishlab chiqaradi va bu mamlakatni asosiy bozor deb hisoblaydi.  

Avvalroq Google XXRdagi barcha ofislarini vaqtincha yopishga qaror qilgandi. Starbucks Xitoydagi 2 mingdan ortiq qahvaxonalarini yopdi, Honda va Nissan esa Uxan shahridagi ishchilarini evakuatsiya qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top