17:33 / 01.02.2020
2
9618
AQSh Belarusni neft bilan yuz foiz ta'minlashga tayyorligini bildirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Amerika kompaniyalari Belarusning neftga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga tayyorligini ma'lum qildi.

"AQSh Belarusga o‘z suveren davlatini tashkil qilishiga yordam bermoqchi. Energiya resurslari ishlab chiqaruvchilarimiz sizlarni zarur neft bilan raqobat narxlarida yuz foizga ta'minlashga tayyor", — dedi u jurnalistlarga Minskda.

Pompeo Minskka Yevrosiyo turnesi doirasida tashrif buyurdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrifdan maqsad — AQShning "suveren, mustaqil, barqaror va farovon Belarus" tarafdori ekanligini va ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga urinishini tasdiqlash.

Minsk hozirda faqat Rossiyadan neft sotib oladi, ammo bu borada yangi shartnoma tuzish qiyin kechmoqda. Shartnoma yo‘qligi bois Rossiya 1 yanvardan mamlakatga neft yetkazib berishni to‘xtatgandi, ammo bir necha kundan so‘ng yetkazib berish tiklandi. Tomonlar haligacha shartnoma imzolay olmadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top