01:13 / 01.02.2020
0
10935
«Barselona» braziliyalik o‘yinchini sotib oldi
Foto: Barselona

«Barselona» «Palmeyras» yarimhimoyachisi Mateus Fernandesni sotib olganini e'lon qildi.

Kataloniya klubi 21 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 7 mln yevro to‘laydi, bu qiymat bonuslar hisobiga 10 mlnga yetishi mumkin.

Fernandes bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Tovon puli esa 300 mln yevro etib belgilandi. Futbolchi yangi jamoasiga 2020 yil 1 iyuldan qo‘shiladi.

Yarimhimoyachi 2019 yilgi mavsumda Braziliya chempionatida 11ta o‘yin o‘tkazib, 1ta gol urgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top