08:37 / 01.02.2020
0
32871
Koronavirusdan Xitoyda yana 46 kishi vafot etdi

Xitoyda yangi koronavirus qurbonlari soni yana 46 kishiga ko‘paydi. Virus yuqtirganlar soni qariyb 12 mingni tashkil qilmoqda. 

Foto: AFP

Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bu haqda 1 fevral kuni Xitoy mutasaddi idoralari ma'lum qildi. 

Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 243 nafarga yetdi.

Bir kun avval virus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan 213 kishi vafot etgani, 9692 kishi virus yuqtirgani ma'lum qilingandi.

Bundan tashqari, 17988 kishi koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda.

Shuningdek, Xitoyning maxsus ma'muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 13 kishi, Makaoda 7 kishi, Tayvanda 10 kishi virusga chalingan.

Osiyoning qolgan davlatlarida virus yuqtirish bo‘yicha 80 ta, Yevropada 19 ta, Shimoliy Amerikada 10 ta, Avstraliyada 9 ta, dunyoning qolgan hududlarida 4 ta holat qayd etilgan.  

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top