31 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e'lon qildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda virusdan zararlanish oqibatida kamida 259 kishi halok bo‘lgan, 11 791 ming kishi virusni yuqtirib olgan, ularning 1795 nafari og‘ir ahvolda. Virusdan zararlanish holatlari Xitoydan tashqari 23 davlatda aniqlangan.
JSST bayonotida aytilishicha, koronavirus tarqalishining oldini olish uchun virusni erta bosqichda aniqlash, virusni yuqtirib olganlarni izolyatsiya qilish va ular kimlar bilan aloqada bo‘lganini kuzatish choralarini qo‘llash kerak bo‘ladi. Virusdan zararlanishning asosiy belgilari - harorat ko‘tarilishi, yo‘tal va nafas olishning qiyinlashishidir.
Vahimali xabarlar fonida tibbiy niqoblarga ehtiyoj nihoyatda ortib ketgan. Internet do‘konlar bir necha kun ichida bir necha yuz million niqob sotishgan.
Quyidagi fotosuratlarda Xitoy va Osiyoning boshqa davlatlaridagi aholi koronavirus tarqalishiga qarshi qanday choralar qo‘llayotgani keltirilgan.

Pekindagi Tyananmen maydonida Mao Dzedun portreti oldida Xitoy milliy qurolli politsiyasi

Hongkong rahbari Kerri Lem va hukumatning boshqa vakillari matbuot anjumanida tibbiy niqob taqqan holatda, 2020 yil 31 yanvar

Hongkong rahbari Kerri Lem koronavirus tufayli tashkil etilgan matbuot anjumanidan keyin. Hongkongda virusdan zararlanish bilan bog‘liq 12 holat qayd etilgan. Shu munosabat bilan maktabdagi ta'tillar bir oyga - 2 martga qadar uzaytirilgan.

Manilada keksa ayol tilanchilik qilmoqda. 30 yanvar kuni Filippinda yangi koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. U Uxandan kelgan xitoylikda aniqlandi.

Tibbiy niqob taqqan keksa odam Uxandagi shifoxona yaqinida yerga qulab jon berdi. 2020 yil 30 yanvar.

Fotomuxbir tibbiyot xodimlari uning jasadini olib ketish jarayonini suratga oldi.

Bangkokdagi qiz ibodat qilmoqda, 2020 yil 31 yanvar

Xitoyning Kunmin shahrida (Yunnan provinsiyasi) koronavirus tufayli do‘konlar ishlamayapti.

Xanoydagi ibodatxona. Vetnamda o‘tgan hafta yana uch kishida koronavirus aniqlandi va bu davlatda virusdan zararlanganlar soni 5 kishiga yetdi.

Seulda tez yordam mashinasi aeroportdan Janubiy Koreyaning bir necha fuqarosini olib ketmoqda, Uxandan kelgan bu fuqarolar koronavirus yuqtirganlikda gumon qilingan. Janubiy Koreyada koronavirusni yuqtirgan 6 kishi aniqlangan.

Hongkongda qizi bilan aptekaga kelgan ayol. Uning ortida tibbiy niqobga talabgorlar navbati yuzaga kelgan.

Himoya kiyimlaridagi dafn byurosi xodimlari virusdan halok bo‘lganning tanasini shifoxonaga yetkazganidan keyin dezinfeksiyadan o‘tmoqda. Uxan, 2020 yil 30 yanvar.

Plastik idishdan yasalgan «Himoya niqobi»dagi qizaloq Pekindagi aeroportda oila a'zolari bilan birga o‘z reysini kutmoqda.

Foto: Sergey Savostyanov/TASS

Foto: Zuma/TASS

Foto: Reuters

Foto: AP/TASS

Foto: EPA/TASS

Foto: Reuters

Foto: EPA/TASS

Foto: Lev Fedoseyev/TASS

Foto: EPA/TASS

Foto: Zuma/TASS

Foto: Zuma/TASS

Foto: Zuma/TASS
