21:47 / 01.02.2020
0
4115
Xitoy hududida film va seriallar suratga olish taqiqlandi

Xitoy radio va televideniye jamoat tashkilotlari federatsiyasi huzuridagi kinematografiya qo‘mitasi koronavirus tarqalishi sababli mamlakat hududida film va seriallarni suratga olishni taqiqladi.

Qo‘mita bayonotida aytilishicha, suratga olish ishlari bilan shug‘ullanadigan barcha kinokompaniya va ishchi guruhlar tegishli buyruq chiqmaguniga qadar suratga olish ishlarini to‘xtatishi shart.

Ushbu taqiqni buzganlar qonunga asosan jazolanishi ta'kidlangan. Aktyorlar ham filmda suratga tushishni rad etish huquqiga ega.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 1 fevral holatiga Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 11 ming kishiga yetgan. Bemorlarning 259 nafari vafot etgan, 243 kishiga kasalxonadan uyiga ketishga javob berilgan. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top