12:11 / 01.02.2020
0
13793
Xitoyda koronavirusdan o‘lish darajasi 2,5 foizni tashkil qilmoqda 

Xitoyda koronavirusdan o‘lish darajasi ma'lum qilindi.

Foto: REUTERS / China Daily

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi koronavirusdan o‘lish darajasi 2,5 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasining maxsus ekpert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan ma'lum qildi.  

“Ayni vaqtda bemorlar sog‘ayib ketgandan keyin ularda biror-bir yaqqol kasallik alomati aniqlanmagan, ma'lum fursatdan keyin sog‘ayib ketganlar soni jadal ko‘payadi. Hozirda bemorlar orasida o‘lish darajasi 2,5 foizni tashkil qilmoqda”, deb aytgan mutaxassis.

Uning ta'kidlashicha, hozirda shikoforlar bemorlarning, ayniqsa ahvoli og‘irlarning sog‘lig‘ini nazorat ostiga olish uchun barcha mumkin bo‘lgan choralarni qo‘llashmoqda.

Xitoylik mutaxassislarning ta'kidlashicha, virus havo-tomchi yo‘li bilan 1-2 metrdan va virus tushgan qo‘llar bilan ko‘zni ishqalash orqali yuqishi mumkin. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11,7 mingdan ko‘proq odam unga yo‘liqqan. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top