23:33 / 02.02.2020
0
9292
APL. «Tottenhem» «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, «MYu»ni ortda qoldirdi

 Angliya Premer-ligasi 25-turining so‘nggi uchrashuvida «Tottenhem» «Manchester Siti» ustidan g‘alabaga erishdi.

Londonda o‘tgan turning markaziy o‘yini kutilganidek shiddatli o‘tdi. Bahsning 39-daqiqasida VAR tizimi orqali Orening Agueroga nisbatan qo‘polligi penalti deb hisoblandi. Ammo, Gundogan tomonidan yo‘llangan zarbani Loris qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

O‘yinning kulminatsion voqeasi 60-daqiqada yuz berdi. Qarshi hujumda Uinksga nisbatan qo‘pollik qilgan Zinchenko hakam tomonidan ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.

Natijada o‘yindagi voqealar rivoji o‘zgarib ketdi. Bir soat davomida o‘yinda ustunlik qilgan Gvardiola shogirdlari bahs tizginini Mourino jamoasiga topshirdi. Chetlatishdan uch daqiqa o‘tib, stadion larzaga keldi. Shu kuni o‘yinda debyutini nishonlagan Stiven Bergveyn ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi – 1:0.

71-daqiqada esa hisobdagi farq ikkitaga oshdi. Son Xyon Min jarima maydoni chizig‘i ustidan Ederson darvozasini nishonga oldi va yakuniy natijani o‘rnatdi – 2:0.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 37taga yetkazgan «Tottenhem» turnir jadvalida «Sheffild Yunayted» va «MYu»ni ortda qoldirib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Siti» esa mag‘lubiyatga qaramay, 2-o‘rinda qoldi. Ammo peshqadam «Liverpul» bilan farq 22 ochkoga yetdi.

APL. 25-tur. 2 fevral (yakshanba)
Tottenhem – Manchester Siti 2:0

Gollar: 1:0 – 63 Bergveyn, 2:0 – 71 Son Xyon Min.

Tottenhem – Loris, Ore, Alderveyreld, Sanches, Tanganga, Lukas Moura, Alli (Ndombele, 70), Son Xyon Min, Lo Chelso, Bergveyn (Lamela, 70), Uinks.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Zinchenko, Uoker, Fernandino, Rodri Ernandes, Gundogan, Mahrez, de Bryuyne, Sterling, Aguero (Joau Kanselu, 64).

Noaniq penalti: Gundogan, 39 (darvozabon).

Ogohlantirishlar: Sterling (12), Uoker (33), Alderveyreld (42), Zinchenko (42), Lo Chelso (66).

Chetlatish: Zinchenko (60).

 APL 25-turidan keyingi turnir jadvali:

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top