01:13 / 02.02.2020
0
10609
AQSh davlat kotibi Qozog‘istonga keldi
Foto: 24.kz

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oybek Smadiyarov ma'lum qildi.

"Mayk Pompeo Qozog‘istonga keldi", - dedi u jurnalistlarga.

Pompeo yakshanba kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan uchrashadi.  Xabar qilinishicha, tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik hamda boshqa dolzarb masalalarni muhokama qiladi.

Mayk Pompeo Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev va respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

AQSh davlat kotibi 2 fevral kuni Toshkentga keladi. U 3 fevral kuni «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Mayk Pompeo prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top