09:00 / 02.02.2020
8978
EPSILON (EDC): Kultak-Qamashi blokidagi Hujum-3 qudug‘idan kunlik 500 ming kub.m hajmda gaz debiti olindi

Qatlamning mahsuldor qismida, 350 metr uzunlikdagi yonlama burg‘ilash hamda GRP ishlaridan so‘ng Hujum-3 qudug‘idan gazning sanoat oqimi olindi.

Shuningdek, O‘zbekneftgaz hamkorligida «Chigil YP – Muborak GQIZ» yo‘nalishi bo‘ylab quvurlar qurilishi tunu-kun davom etmoqda.

1 fevral holatiga ko‘ra jami:

  • Keltirish uchun yuklangan quvurlar – 144,4 ming tn;
  • Keltirilgan quvurlar – 101,1 ming tn;
  • Kavlangan zovurlar – 180,1 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 222,1 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 127,4 km ni tashkil etdi.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Top