13:48 / 02.02.2020
4
12855

Qozog‘iston Uxandan fuqarolarini olib chiqib ketdi 

Qozog‘iston koronavirus tarqalishi o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan 83 fuqarosini olib chiqib ketdi.

Foto: Reuters /Aly Song

Qozog‘iston hukumatida ma'lum qilinishicha, Qozog‘istonga qaytarilganlarning 80 nafarini talabalar tashkil qiladi.

“2 fevralda Qozog‘iston fuqarolari sog‘lig‘i xavfsizligini ta'minlash maqsadida sog‘liqni saqlash vazirligining Shoshilinch tibbiyot milliy muvofiqlashtirish markazi Uxanda qolayotgan 83 qozog‘istonlikni vatanga qaytardi”, deyilgan xabarda.

Parvoz vaqtida qozog‘istonliklarga barcha himoya vositalari bilan ta'minlangan tibbiy xodimlar hamrohlik qilgan. Ta'kidlanishicha, Qozog‘istonga yetkazilganlarning sog‘liqlari tekshirilgach, ular poytaxtdagi ko‘p tarmoqli shifoxonaning maxsus ajratilgan korpusida 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Ushbu shifoxona Nur-Sultondan 7 km uzoqlikda joylashgan. 

“Shifoxona barcha zarur bo‘lgan infeksion xavfsizlik texnologiyalari, zamonaviy diagnostik, davolash va jonlantirish qurilmalari bilan jihozlangan, zarur sondagi tibbiy xodimlar bilan ta'minlangan. Bu yerda evakutsiya qilingan fuqarolar qo‘shimcha ko‘rikdan, birinchi navbatda, koronavirus yuqtirganlikka testdan o‘tkaziladi. Karantin vaqtida ular bilan xavfli infeksiyalar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lgan tibbiy xodimlargina muloqotda bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tilgan xabarda.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top