00:18 / 02.02.2020
0
19852

Respublika YHX xodimlariga xizmat avtomobillari topshirildi

Respublika yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga xizmat mashinalari topshirildi. YHXBB o‘z multimedia markaziga ham ega bo‘ldi.

1 fevral kuni Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga xizmat avtomobillari topshirildi.

Topshirilgan 140ta avtomobilning barchasi axborot texnologiyalari, zaruriy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta'minlangan.

Shu munosabat bilan «Xalqlar do‘stligi» saroyi maydonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda davlat YHXX faxriylari, IIV, YHXBB rahbar xodimlari va OAV vakillari qatnashdi.

Azizbek Ikromov – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Tantanali marosimda sohada namunali xizmat ko‘rsatgan xodimlar ham rag‘batlantirildi.

Tadbir soha xodimlariga berilgan avtomobillar va shaxsiy tarkib paradi bilan davom etdi. So‘ngra respublika YHXBB Multimedia markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Olim Saidov – IIV YHXBB boshlig‘i

Ta'kidlanishicha, ushbu markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad – yo‘l harakati xavfsizligiga oid targ‘ibot-tashviqot ishlari va ko‘rilayotgan choralarni OAVda xolis va professional tarzda yoritishni ta'minlashdir.

Multimedia markazida zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallar tayyorlanadi.

Bu yerda audio va videoroliklar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlanib, efirga, shuningdek, internet tarmog‘iga uzatiladi. Buning uchun markazda barcha sharoitlar bor.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top