09:00 / 02.02.2020
0
6461

Tramp Obamaning piyodalarga qarshi minalarni qo‘llashga taqiqlovini bekor qildi  

AQSh qurolli kuchlari tomonidan piyodalarga qarshi minalarni qo‘llashga taqiqlov bekor qilindi. Ushbu taqiqlov piyodalarga qarshi minalarning Koreya yarimorolidan tashqari, butun dunyoda qo‘llanishini taqiqlagan. 

Foto: Foto: Themba Hadebe / AP

AQSh prezidenti Donald Tramp tegishli farmonni imzolagan.

Minalarni qo‘llashga taqiqlov avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati tomonidan qabul qilingandi.

AQSh mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, “bunday taqiqlovlar ixtilof vaqtida qurolli kuchlar zarariga ishlaydi”.

Xabarda ta'kidlanishicha, bu boradagi siyosat alohida vaziyatlarda fuqarolarga va hamkorlar kuchlariga ziyon yetkazilishini kamaytiruvchi noturg‘un yer usti minalari qo‘llanishiga ruxsat berilishidan iborat.

2014 yil sentyabrda Barak Obama Ottava kelishuviga muvofiq, piyodalarga qarshi minalarni qo‘llashdan voz kechishga qaror qilgandi. 

Ottava kelishuvi yoki Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash haqidagi konvensiya ushbu turdagi minalarni qo‘llashdan to‘liq voz kechish, ularni ishlab chiqarish va jamlashni to‘xtatish hamda zaxiralarini yo‘q qilishni ko‘zda tutadi.

Konvensiya 1997 yilda imzolangan va o‘shandan beri unga 160dan ko‘proq davlat qo‘shilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top