09:40 / 02.02.2020
3
14839
Uzbekistan Airways 4 fevraldan Xitoyga aviaqatnovlar to‘xtatilishini e'lon qildi

Uzbekistan Airways kompaniyasi koronavirus epidemiyasi sababli 4 fevraldan Xitoyga doimiy aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar qildi.

«4 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi. 

Prezident farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Xitoydan qaytarish va mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan shug‘ullanadi», deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida 2019-nCoV koronavirusi tarqala boshladi va shu kunga qadar bu virus yuqishi oqibatida 305 kishi halok bo‘ldi, yana 14 mingdan ortiq kishida virus aniqlanib, ular maxsus sharoitda davolanmoqda. Shuningdek, Xitoydan tashqarida 20dan ortiq davlatda shu virus bilan kasallanganlar qayd etilgan.

Bundan avvalroq Xitoyda tarqalgan koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish va epidemiya tarqalgan hududdan fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar berilgandi. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top