08:28 / 02.02.2020
0
19523
Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 300dan oshib ketdi

Xitoyda bir kun ichida yangi koronavirusdan 45 kishi vafot etdi, kasallanganlar soni 14380 nafarni tashkil qilmoqda. 

Foto: Reuters

Virus qurbonlari umumiy soni 304 kishini tashkil qilmoqda. Kasallanganlar 2590 kishiga ko‘paygan. O‘lim bilan tugagan barcha holatlar virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasida qayd etilgan. 

Shuningdek, 137,6 ming kishi virus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda. 328 kishi sog‘ayib ketgan. 

Bir kun avval virusning qurbonlari soni 259 nafarga yetgani, 11791 odam u bilan kasallangani ma'lum qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top