14:06 / 03.02.2020
0
9858

2020 yil 1 apreldan boshlab IIV huzurida yana bir jamg‘arma faoliyat yurita boshlaydi

Ichki ishlar vazirligi huzurida Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi PQ–4075-son “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish haqidagi hujjat loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Yuqoridagi qaror quyidagi tahrirdagi band bilan to‘ldiriladi:

“2020 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi (Respublika jamg‘armasi) tashkil etilsin.

Belgilansinki:

a) Respublika jamg‘armasini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

jamg‘armalarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Respublika jamg‘armasi mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining asoslantirilgan xulosasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining qaroriga asosan ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.”.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishi mo‘ljallangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top