11:40 / 03.02.2020
1
19817
O‘zbekiston qudratli davlatlar Markaziy Osiyoda raqobatlashishini istamaydi - Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yirik davlatlar o‘rtasidagi qandaydir raqobat munosabati tufayli nomaqbul siyosiy oqibatlarni his qilishni istamaydi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov aytib o‘tdi. 

«Biz Markaziy Osiyoni barqaror rivojlangan, farovon va hamkorlik mintaqasi sifatida ko‘rishni istaymiz. Biz qudratli davlatlarning mintaqadagi qandaydir raqobatining siyosiy oqibatlarini o‘zimizda his qilishni aslo istamaymiz», – dedi Komilov AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralardan so‘ng jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda.

U O‘zbekistonning tashqi siyosati «mintaqada yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilishiga asoslanishi»ni ta'kidlagan.

«Biz hech qachon O‘zbekistonga zarar keltiradigan harakatlarni amalga oshirmaymiz», – deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Kunning ikkinchi yarmida Toshkentda mintaqa davlatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari va AQSh Davlat kotibi ishtirokida «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top