23:38 / 03.02.2020
0
8673

Pompeo AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlashdagi faolligi uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Foto: twitter.com/SecPompeo

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgach, O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorchilik izhor qildi.

«AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni bosqichma-bosqich mustahkamlab borish yo‘lidagi yetakchiligingiz uchun tashakkur. Men O‘zbekistonning erkinroq va ochiqroq jamiyat hamda hisobdorligi ortib borayotgan hukumat tashkil etish maqsad qilingan islohotlarga intilishini e'tirof etaman», deb yozdi Pompeo tvitter sahifasida.

Foto: twitter.com/SecPompeo

Davlat kotibi Toshkentga tashrifidan xursandligi va AQSh-O‘zbekiston aloqalari yanada mustahkamlanishini kutayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pompeo AQSh Davlat departamenti rahbari sifatida O‘zbekistonga qilgan ilk tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, «C5+1» shaklidagi yig‘ilishda Markaziy Osiyo respublikalari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi.

Foto: twitter.com/SecPompeo
Foto: twitter.com/SecPompeo
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top