10:30 / 03.02.2020
1
14255
Prezident Mirziyoyevning ulkan islohotlar dasturi salmoqli yutuqlarga erishmoqda - Pompeo
Foto: @SecPompeo/Twitter

2 fevral kuni kechqurun Toshkentga kelgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo tvitterdagi sahifasida mamlakatga tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar haqida yozib qoldirgan.

«Bugun O‘zbekistonga tashrif. Mamlakat prezidenti Mirziyoyevning ulkan islohotlar dasturi salmoqli yutuqlarga erishmoqda, men hamkorligimiz orqali tinchlik, farovonlik va xavfsizlikni yanada kuchaytirishni davom ettirish yo‘llarini muhokama qilishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman», deya yozgan u tvitterida.

U shuningdek Toshkent shahri bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashgan.

«O‘zbekiston diniy yetakchilari bilan islohotlar va huquqiy o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘sha olishi mavzusida suhbatlashdik. Hukumat tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va O‘zbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman», degan u.

Foto: @SecPompeo/Twitter

Bugun AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo—AQSh» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top