09:00 / 03.02.2020
0
10782
Tabiat va tibbiyot uyg‘unlashganda: dam olish va tiklanish uchun noyob maskanga sayohat

Zomin tog‘lari orasidagi mazkur sanatoriya – «Azim Zomin Shifo» sog‘lomlashtirish va dam olish markazining tibbiy imkoniyatlariga to‘xtalishdan oldin bu hududning noyob iqlimi haqda ham ikki og‘iz.

Zomin tog‘larini bekorga «O‘zbekiston Shveytsariyasi» deyishmaydi. Dengiz sathidan 2500 metr balandlik, betakror tabiat, qalin archazorga burkangan tog‘lardan tushayotgan muzdek zilol suv va shifobaxsh buloqlarning o‘zi jonga orom.  

O‘ziga xos archa va qarag‘ay o‘rmonlarini ham boshqa joylardan topish mahol. Bu yerdagi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob o‘simliklar alohida mavzu. Xushbo‘y o‘tlarning har biri qaysidir kasallikka shifo.

Ana shunday maskan – Zominning purviqor tog‘lari-yu, xushmanzara archazorlari, kishini sehrlab qo‘yadigan go‘zallikka boy va shifobaxsh maskanda joylashgan «Azim Zomin Shifo» sanatoriyasida dam olishni tasavvur qilib ko‘ring...

Umuman, O‘zbekistondagi rivojlanib borayotgan sog‘liqni saqlash turizmini Zomin tabiatidan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tabiatning shifobaxsh kuchi va zamonaviy tibbiyotning yutuqlari shubhasiz mazkur sog‘lomlashtirish va dam olish maskanida mujassam.

 «Azim Zomin Shifo» sanatoriyasida yuqori malakali urolog, kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog, endokrinolog vrachlar sizning salomatligingiz bilan shug‘ullanishadi.

2017 yil iyul oyida ochilgan ushbu sanatoriyada barcha qulayliklarga ega bo‘lgan  yotoqxonalar va oilaviy kottedjlar mavjud.

  Maskanda eng zamonaviy uskunalar vositasida 75 turdagi laboratoriya diagnostika xizmatlari ko‘rsatiladi. Birgina UZI apparati tekshiruvlarining barcha turlari mavjud. Maxsus fitobarda tog‘ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi.

Havoning kislorod va ultrabinafsha nurlari bilan to‘yinganligi, atmosfera bosimi nisbatan past  ekani yuqori nafas yo‘llari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun nihoyatda foydali. Qolaversa, kislorodli ko‘piklar ham bu borada koni foyda.

 Shuningdek, fizioterapiya davolash usullaridan UVCh, magnit, lazer, UZT, darsonval, limfodrenaj, tszinda apparati, ingalyatsiya, vakuum terapiya, amplipuls apparatlari yordamida muolajalar o‘tkaziladi. Suv bilan davolashda sun'iy marvaridli, yod-bromli, nina bargli daraxtlar damlamasidan, jumladan, oq hamda sariq skipidar emulsiyalaridan vannalardan foydalaniladi. Bu esa tanani har tomonlama sog‘lomlashtiradi. Boshqa joylarda kam uchraydigan kedr bochkasi ham xizmatingizda, xohishingizga qarab parafin, infraqizil nurli sauna, balchiq bilan davolashdan foydalanasiz.

Fitobarimizda tog‘ giyohlaridan turli damlamalar tayyorlanadi. Kislorodli ko‘piklar dam oluvchilarga kun mobaynida tetiklik bag‘ishlaydi.

Garchi sanatoriya uch yil oldin tashkil etilgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida urologiya sohasidagi natijalar samarasini berdi. Urologik kasalliklardan buyrak va siydik nayi, qovuq shamollashi, surunkali prostatit, prostata bezi xavfsiz giperplaziyasini davolovchi maxsus fizioterapevtik apparatlar bilan yuqori sifatli xizmatga tobora talab oshmoqda.

Umuman, ushbu sanatoriyani nafaqat dam olish va sog‘lomlashtirish, shu bilan birga reabilitatsiya markazi deyish mumkin. Tashrif buyuruvchilarning bunga amin bo‘lishi shubhasiz.

Murojaatlar uchun:

Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani

Mo‘ljal: Zomin shahri markazining janubida

Telefonlar:
+99894 3417547
+99894 3427547

Sayt: www.zominshifo.uz

Instagram: @azimzominshifo_official

Reklama huquqi asosida

 
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top