20:21 / 03.02.2020
2
31473
Uxandagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish tartibi haqida ma'lumot berildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 4−5 fevral kunlari Pekin va Uxanga charter reyslarni amalga oshiradi. O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli amalga oshiriladi

O‘zbekiston prezidentining buyrug‘iga binoan tashkil etilgan hukumat komissiyasi qaroriga asosan Uzbekistan Airways joriy yilning 4−5 fevral kunlari charter reyslarini amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Aviareyslar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • Pekin-Toshkent (ikkita reys) — aviabiletlar o‘rtacha tarifdan past;
  • Uxan-Toshkent (bitta reys) — to‘lovsiz parvoz.

Ushbu reyslarga chiptalarni sotib olish uchun siz O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish kerak:

Elchixonaning konsullik bo‘limi:

Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471

Bobur Yahyoyev +86 135 1102 4242

Elchixona vakillari:

Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245

Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270

Shuxrat Umirov +86 139 1175 4476

Rustam Nazarov +86 138 0122 1452

Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040

Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848

Sardor Sirojov +86 186 1812 9040

Avaz Kamalov +86 178 1070 2707

Uzbekistan Airways vakolatxonasi:

Trobov Murod +86 184 0196 9633

Aleksey +86 186 0195 8683

«Ushbu reyslar Xitoyda koronavirus infeksiyasi avj olishi munosabati bilan amalga oshirilmoqda. Har bir samolyot tibbiyot xodimlari va virusologiya sohasidagi mutaxassislar, zamonaviy diagnostika asboblari, shaxsiy himoya vositalari va zarur tibbiy preparatlar bilan ta'minlangan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda parvozlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.

Aviakompaniya ushbu reyslarning yo‘lovchilari yetib kelganidan keyin vaqtincha yashash markaziga yuborilishi munosabati bilan bo‘lg‘usi yo‘lovchilardan Toshkentdagi aeroportda yo‘lovchilar bilan uchrashmaslik so‘radi. Kelish vaqti keyinroq e'lon qilinadi», deyilgan xabarda.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish kerak bo‘ladi: +998 (71) 276−49−66.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xitoy bilan muntazam aviareyslarni vaqtincha to‘xtatdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma'lum qilgan.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida 81 nafar o‘zbekistonlik bor, ular O‘zbekistonga olib kelingach, ikki hafta davomida karantin holatida saqlanadi.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top