00:47 / 04.02.2020
0
10065
Erdo‘g‘an: millionga yaqin suriyalik Idlibni tark etdi va Turkiya chegarasi tomon kelmoqda

Turkiya prezidentining fikricha, qochoqlar oqimi "tinch aholiga zarba berayotgan" Suriya armiyasi harakatlari natijasida paydo bo‘lgan.

Foto: AP

Bir millionga yaqin suriyalik Idlib viloyatini tark etdi va Turkiya bilan chegara tomon yo‘l oldi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Kiyevda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Idlibda 3-4 million kishi yashaydi. Hozirda bir millionga yaqin suriyalik u yerni tark etdi, ular bizning chegaramiz tomon kelishmoqda. Turkiya uchun buncha miqdordagi qochoqni qabul qilish qiyin bo‘ladi", - deb ta'kidladi Erdo‘g‘an.

Uning fikricha, qochoqlar oqimi "tinch aholiga zarba berayotgan" Suriya armiyasi harakatlari natijasida paydo bo‘lgan.

Idlib – Suriyaning 2012 yildan buyon noqonuniy qurolli tuzilmalar qo‘lida qolib kelayotgan yagona hududi. Viloyat hududida Turkiya armiyasining 12ta kuzatuv punkti faoliyat ko‘rsatadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top