20:45 / 04.02.2020
0
9409
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqchi emasligini aytdi

Turkiya prezidenti mamlakat harbiylari Idlibdagi kuzatuv punktlarini tark etmasligini ham ma'lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Turkiya Suriyaning Idlibidagi vaziyat sababli Rossiya bilan munosabatlarni keskinlashtirmoqchi emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

"Bu bosqichda bizga Rossiya bilan nizo yoki jiddiy qarama-qarshilikka kirishishning keragi yo‘q. Ular bilan "Turk oqimi" va "Akkuyu" AESi kabi strategik loyihalarimiz mavjud. S-400 tizimidan voz kechishimiz haqida hech qanday gap yo‘q. G‘azab bilan o‘rnidan turgan o‘ziga zarar qilgan holda o‘tirib qoladi", — deya Erdo‘g‘andan iqtibos keltirmoqda Sabah gazetasi.

Erdo‘g‘an bugun rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini aytdi. O‘z navbatida, Kreml vakili Dmitriy Peskov ikki prezident telefon orqali muloqot qilishi mumkinligini aytdi.

Turkiya prezidenti mamlakat harbiylari Idlibdagi kuzatuv punktlarini tark etmasligini ham ma'lum qildi.

"Biz yangi urush va qochoqlarning yangi oqimi boshlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz va bu haqda Rossiya tomonini xabardor qildik", — dedi u.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top