14:14 / 04.02.2020
0
2779
Foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olganlik uchun sanksiyalar joriy etildi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olishga doir yangi modda kiritildi 

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi

Bu MJTKning 165-moddasiga nisbatan maxsus norma bo‘lib, unda yanada qat'iy javobgarlik choralari nazarda tutilgan. Yangi modda bo‘yicha fuqarolarga BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. 

Norma’ning yozishicha, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyo yoki ma'muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosi musodara qilingan holda fuqarolarga BHMning 50 baravaridan 70 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
 
Ushbu moddada foydali qazilmalarni litsenziyasiz qazib olish, xuddi shuningdek oltin izlovchilar usulida litsenziyasiz qazib olish qamrab olingan, yer osti suvlari hamda daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar bundan mustasno. So‘nggi holatda MJTKning 70-moddasi birinchi qismi qo‘llaniladi, unda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top