Rossiya «Beltransgaz»ni sotib olayotganida Belarusni Rossiyadagi ichki narxlarga «olib kelishni» va'da qilgandi, dedi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Foto: Mixail Metsel / TASS
"Beltransgaz"ni sotib olayotganda bizni besh yil ichida Rossiyadagi ichki narxlarga «olib kelishni» va'da qilgandingiz, shunday ekan, olib keling. Nega bizni aldayapsiz? Bundan tashqari, bizni buni unutib yuborgan deb o‘ylayapsiz", - dedi Belarus prezidenti.
Lukashenko Minsk "shunchaki halol, sof, shaffof munosabatlarni xohlashini" aytdi.
"Xohlamasangiz, bu haqda ayting. "Oh, Pompeo keldi" deb qichqirmang. Ertaga Tramp keladi. Unda nima qilishadi?" – dedi u.
Lukashenko Belarus suveren va mustaqil davlat sifatida tashqi siyosatni qanday olib borishni o‘zi belgilashini ta'kidladi.
"Yoki bu bilan Rossiyaga zarar yetkazdikmi? Yo‘q", - deb qo‘shib qo‘ydi u.