Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Varshavaga tashrifi vaqtida zirhlangan xizmat mashinasi buzilib qoldi va u yo‘lini oddiy Citroen’da davom ettirishiga to‘g‘ri keldi.
Makron 4 fevralda Polshaga 2 kunlik tashrifini boshladi. Uning ushbu davlatdagi birinchi to‘xtash joyi poytaxt Varshava bo‘lib, u bu yerda Polsha prezidenti Anjyey Duda bilan uchrashgan. Biroq uchrashuvdan keyin Makronning mashinasini yurg‘iza olishmagan, deb xabar berdi Dziennik.pl nashri.
Aniqlanishicha, Makronning zirhlangan Renault Espace mashinasi buzilib qolgan. Shundan keyin Makron Fransiyaning Varshavadagi elchisining Citroen C6 mashinasida harakatlanishiga to‘g‘ri kelgan.