19:05 / 04.02.2020
0
1076
MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida Bolalar uyining 72 nafar tarbiyalanuvchisi ko‘rikdan o‘tkazildi

Tekshiruv davomida kasalligi aniqlangan ba'zi bolakaylarga mutaxassislar tomonidan tashxis qo‘yilib, ularning davolanishi uchun zarur sharoitlar yaratib beriladigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan xayrli ish amalga oshirildi. MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi (RSTIAM) tomonidan Toshkent shahar Bolalar uyining ta'lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish davlat muasssasasida yetim, ota-onasining qarovisiz qolgan hamda psixologik va fiziologik rivojlanishi orqada qolgan 72 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik jarayonida markazda faoliyat olib boradigan tor doiradagi shifokorlar (pediatr, oftalmolog, otolaringilog, dermatolog, xirurg, psixolog va endokrinolog) mazkur dargohda yashayotgan bolakaylarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.  

Tekshiruv davomida kasalligi aniqlangan ba'zi bolakaylarga mutaxassislar tomonidan tashxis qo‘yilib, ularning davolanishi uchun zarur sharoitlar yaratib beriladigan bo‘ldi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top