12:15 / 04.02.2020
2
20966
O‘zbekistondagi maktablarda bolalar koronavirus to‘g‘risida diktant yozayotgani haqidagi ma'lumot tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumta'lim maktablarida bolalar tomonidan koronavirus to‘g‘risida diktant yozayotganligi haqida ma'lumot tarqaldi

Foto: REUTERS

Xalq ta'limi vazirligi izohida aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

«Aholini koronavirus kasalligidan muhofaza qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalarni yosh avlodga sodda tilda yetkazish maqsadida maktablarda diktant yozish tadbirlari tashkil etildi.

Diktant yozish davomida o‘quvchilar koronavirus yuqish yo‘llari va uning tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralar haqida ma'lumotlar oladi. 

Jumladan, bolalarga muntazam qo‘l yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerakligi uqtirilmoqda», - deyiladi XTV izohida.

Bundan oldin, Xitoydan olib kelinayotgan o‘zbekistonliklar 2 hafta davomida karantinda saqlanishi xabar berilgandi. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top