09:18 / 04.02.2020
3
8541
Toshkent viloyatida drondan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi 

Toshkent viloyatida dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Qayd etilishicha, joriy yilning 3 fevral kuni Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Uning davomida, Toshkent shahri Yunusobod tumani, 6-mavzeda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz O‘.Sh., Yashnobod tumani, Jarqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz Yu.S., Toshkent viloyati Toshkent tumani, “Guliston” qishlog‘ida yashovchi, 1995 yilda  tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz I.I. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani “Yoshlik” mahallasi hududida “PHANTOM-4”-rusumli uchuvchisiz uchadigan dron apparatidan foydalanib videolavha olmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ushlangan. 

Ulardan dron apparati xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib, tekshirib ko‘rish uchun daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 maydagi O‘RQ-534-sonli Qonuniga ko‘ra Jinoyat kodeksi 244-4-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top