31 yanvar, 1-2 fevral va 3 fevral tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida zararli moddalarning kuchli tarqalishiga imkoniyat yaratdi

Foto: KUN.UZ
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, statsionar postlarning kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra qator tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me'yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo‘yicha:
Yunusobod, Yashnobod, Mirobod tumanlarida REM b.m.dan yuqori 4 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma'lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me'yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.
Qayd etilishicha, 5 fevral va 6 fevral tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz yig‘ilishiga imkoniyat yaratadi.