08:34 / 04.02.2020
2
37502
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 425 nafarga yetdi

Xitoyda bir kun ichida yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan vafot etganlar soni 64 nafarni tashkil qildi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Virus qurbonlari umumiy soni 425 nafarga yetdi, u bilan kasallanganlar soni esa bir kunda 3235 nafarga ko‘payib, 20438 nafarni tashkil qilmoqda.

Bir kun avval vafot etganlar 361 nafarni, kasallanganlar 17205 nafarni tashkil etayotgani ma'lum qilingandi.

Bundan tashqari, Xitoyda 23214 kishi virus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda. 632 bemor sog‘ayib ketgan.

Bu orada AQShda yangi koronavirus odamdan odamga o‘tgan ikkinchi holat qayd etildi. Qo‘shma Shtatlarda virusdan kasallanganlar soni 11 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi virusga qarshi kurashish uchun Xitoyga mutaxassislar yuborish bo‘yicha Pekin bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top