10:00 / 04.02.2020
1
6301
O‘zbekistonda 10 kunda sodir bo‘lgan YTHlarda 54 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 21-31 yanvar kunlari, ya'ni 10 kun ichida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 54 kishi hayotdan ko‘z yumdi. 

Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizlik bosh boshqarmasida ma'lum qilindi. Ta'kidlash joiz, joriy yilning ilk 20 kunida YTHlardan 60 kishi halok bo‘lgandi. 

Ko‘rilayotgan o‘n kunlik ichida respublika bo‘ylab 125 ta YTH yuz bergan, ularda 54 kishi halok bo‘lgan, 93 kishi turli og‘irlikdagi tan jarohati olgan.

Toshkent shahrida 23 ta, Toshkent viloyatida 16 ta, Sirdaryo v. – 4 ta, Samarqand v. – 7 ta, Jizzax v. – 8 ta, Navoiy va Buxoro v. – 3 tadan, Farg‘ona va Namangan v. – 12 tadan, Andijon v. – 9 ta, Qashqadaryo v. – 10 ta, Surxondaryo v. – 4 ta, Xorazm viloyatida 6 ta va Qoraqalpog‘istonda 8 ta YTH qayd qilingan.     

YTHlardan 55 tasi piyodalar, jumladan 12 bola, 2 tasi mast haydovchilar ishtirokida yuz bergan. 

YTHlarning 33 tasi piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tishi, 17 tasi haydovchining piyodani ko‘rmay qolishi, 16 tasi belgilangan tezlikka rioya qilmaslik, 14 tasi harakat davomida yo‘nalishni o‘zgartirish, 11 tasi yomon ob-havo sharoiti, 8 tasi haydovchining rulda uxlab qolishi, 6 tasi quvib o‘tish qoidalarining buzilishi sababli yuz bergan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top