08:26 / 05.02.2020
0
7619

O‘zbekiston TIV Britaniyaning YeIdan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi munosabati bilan maxsus axborot berdi

Foto: EPA/Scanpix

Yevropa ittifoqining rasman bildirishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi munosabati bilan Yevroittifoq qonunchiligi hamda uchinchi davlatlar bilan tuzilgan xalqaro shartnomalar Buyuk Britaniyaga nisbatan o‘tish davri mobaynida (2020 yilning 1 fevralidan 31 dekabrigacha) avvalgidek kuchda qoladi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tish davri yakunlanguncha Buyuk Britaniyani O‘zbekiston Respublikasi va Yevroittifoq o‘rtasida imzolangan barcha xalqaro shartnomalarni, jumladan 1996 yil 21 iyundagi Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni bajarish nuqtai nazaridan YeIning a'zo davlati sifatida biladi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvardan 1 fevralga o‘tar kechasi, breksit bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan 188 hafta o‘tib Britaniya Yevropa ittifoqini tark etdi. London va Bryusselda bunga tayyorgarlik ko‘rildi, Boris Jonson britanlarga «milliy uyg‘onish»ni va'da qildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top