08:21 / 05.02.2020
0
36708
Xitoyda koronavirusdan bir kunda 65 kishi vafot etdi

Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan vafot etganlar soni bir kun ichida 65 nafarga ko‘paydi.

Foto: Carlos Garcia Rawlins / Reuters

Koronavirus qurbonlari umumiy soni 490 nafarni, u bilan kasallanganlar 24,3 ming kishini tashkil qilmoqda. 

Bir kun avval virusdan 425 kishi vafot etgani, 20,4 ming kishi kasallangani ma'lum qilingandi, 892 kishi sog‘ayib ketgan.

Xitoyning ma'muriy hududlari hisoblanuvchi Hongkongda 18 kishi, Makaoda 10 kishi, Tayvanda 11 kishi virusga chalingan. Shuningdek, Hongkongda virusdan ilk o‘lim holati qayd qilindi.

Ayni vaqtda Xitoyda kasallar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 185 ming kishi nazorat ostida qolmoqda.

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida virusdan 24 ta davlatda 176 kishi kasallangan: Tailand – 25 kishi, Singapur – 24, Yaponii – 21, Janubiy Koreya –  16, Avstraliya – 13, Germaniya – 12, AQSh – 11, Rossiya – 2. 

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top