21:12 / 05.02.2020
0
32452

Xitoyda koronavirusni to‘xtatuvchi dorilar to‘plami topilgani ma'lum qilindi 

Xitoylik olimlar abidol va darunavir dori vositalarining birgalikda qo‘llanishi laboratoriya tajribalarida yangi koronavirusni to‘xtatishi mumkinligini ma'lum qilishdi. 

Bu haqda xitoylik epidemiolog olim Li Lanszyuan ma'lum qildi. Uning aytishicha, abidol va darunavir dori vositalari shuningdek Chjetszyan provinsiyasida koronavirusga chalinganlarni davolashda qo‘llangan.

Olimning ta'kidlashicha, hozirda virusga qarshi qo‘llanayotgan OIVdan dori vositasi uncha samarali emas va ikkilamchi oqibatlarga olib keladi. U abidol va darunavirni virusga qarshi qo‘llashni Salomatlik bo‘yicha milliy komissiyaga tavsiya qilishini aytgan.  

Li ushbu dorilarni koronavirusga faqatgina shifokorlar ko‘rsatmasi bilangina qo‘llash kerakligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Abidol viruslarga qarshi, darunavir esa OIV/OITSda qo‘llanuvchi retrovirusga qarshi dori vositasi hisoblanadi. 

Avvalroq Tailandda OITSga qarshi «Lopinavir / Ritonavir» va grippga qarshi «Oseltamivir» dori vositalarining birgalikda qo‘llanishi koronavirusga chalingan bemorni davolashda samara bergani ma'lum qilingandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top