11:36 / 06.02.2020
0
3086
Bezos Amazon’ning 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

Amazon asoschisi Jyeff Bezos 31 yanvar va 3 fevralda kompaniyaning o‘ziga tegishli 1,74 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi.

Foto: Pablo Martinez Monsivais / AP

Bu haqda Forbes nashri xabar berdi. Soliqlar to‘langandan keyin milliarderning ushbu amaliyotdan olgan sof daromadi 1,3 mlrd dollarni tashkil qilgan.   

Bezos aksiyalarini nima uchun sotishga qaror qilgani sababi noma'lum. U har yil milliardlab dollarlik aksiyalarini sotadi. Misol uchun, 2019 yil iyul-avgustida tadbirkor 2,8 mlrd dollarlik aksiyani sotib yuborgan. O‘shanda ham bunga izoh berilmagan.

2017 yilda Bezos koinot tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Blue Origin kompaniyasiga pul to‘playotganini ma'lum qilgandi. 

30 yanvarda Amazon aksiyalari narxi kompaniyaning choraklik hisoboti e'lon qilingandan keyin jadal yuqorilagan. O‘shanda Bezos elektron savdolar vaqtida 15 daqiqa ichida 13 mlrd dollarga boyib, umumiy boyligi 129,5 mlrd dollarga baholangandi.  

Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda tadbirkorning boyligi 125,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top