10:39 / 06.02.2020
0
18863
Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ

Davstatqo‘m mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 4 fevral kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 68 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (68 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 600 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 600 so‘m). Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 600 so‘mdan 4000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori»da (1 600 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», Urganch shahri - «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Navoiy shahri - «Saxovat bozori», Namangan shahri - «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahri - «Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori» «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» Guliston shahri «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahri «Chirchiq dehqon bozori», Farg‘ona shahri «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Urganch shahri «Urganch markaziy dehqon bozori» Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» da (4 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 5000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (11 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan ( «Nukus» navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Andijon shahrining «Andijon shahar markaziy dehqon bozori» (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Navoiy shahri «Saxovat bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori» (5 500 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski jo‘va dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (6 500 so‘m) kuzatildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top