10:03 / 06.02.2020
0
8069
Istanbuldagi aviafalokat 3 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi  

5 fevralda Istanbuldagi Sabiha Go‘kchan aeroportiga qo‘nish vaqtida yo‘lovchi samolyoti falokatga uchragani ma'lum qilingandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, falokat oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan.  

Foto: REUTERS / Murad Sezer

Avvalroq Pegasus Airlines aviakompaniyasining Izmirdan Istanbulga reys bajargan Boeing 737 samolyoti qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lakchasida to‘xtay olmay, undan 60-70 metrga chiqib ketgani va 40 metrlik jarlikdan pastga qulab, uchga bo‘laklanib ketgani ma'lum qilingandi.  

Samolyotda 177 yo‘lovchi va ekipajning 6 a'zosi bo‘lgan.

Dastlab hech kim halok bo‘lmagani, biroq 52 kishini shifoxonaga jo‘natishga to‘g‘ri kelgani ta'kidlangandi. 

Biroq oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, falokat 3 kishining o‘limiga olib kelgan, 179 kishi jarohat olgan.  

Ma'lum qilinishicha, aeroport vaqtinchalik yopilgan, Turkiya bosh prokuraturasi voqeani tergov qilishni boshlagan.

Dastlabki taxminga ko‘ra, voqeaga yomon ob-havo sharoiti, jumladan kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top