10:14 / 06.02.2020
0
14217
Koronavirus oqibatida Equinox’ning yetkazib berilishi kechikishi mumkin - UzAuto Motors

Koronavirus oqibatida Chevrolet Equinox’ning O‘zbekistonga yetkazib berilishi kechikishi mumkin 

Foto: KUN.UZ

Bugungi kunda avj olayotgan koronavirus sababli ko‘pgina avtomobil ishlab chiqaruvchilarda Xitoyda ishlab chiqariladigan ehtiyot qismlarni yetkazib berilishida muammo yuzaga kelgani sababli o‘z zavodlarida ishlab chiqarishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishdi.

UzAuto Motors xabariga ko‘ra, ushbu favqulodda vaziyat tufayli Chevrolet Equinox avtomobilining yetkazib berilishi ham mintaqadagi epidemiya bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmagunga qadar kechiktirilishi mumkin.

Chevrolet Equinox avtomobilini sotib olish uchun shartnoma pulini to‘lagan va avtomobil yetkazib berilishi qayta tiklanishini kutishni istamagan mijozlar belgilangan tartibda to‘langan summani qaytarib olishlari mumkin. Shuningdek, UzAuto Motors dilerlik markazlaridan boshqa har qanday avtomobilni sotib olish uchun shartnomani almashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Chevrolet Equinox avtomobili uchun shartnomalar 2019 yilning 27 dekabridan e'tiboran kuni UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi barcha dilerlik do‘konlarida boshlangan.

Kompaniya yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. Mazkur avtomobilni yetkazib berishni qayta tiklanishi to‘g‘risida kompaniyaning rasmiy manbalarida xabar berilishi aytilgan.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top