13:02 / 06.02.2020
0
1248
Ucell-Buxoro: 20 yildan buyon mijozlarga sifatli xizmat taqdim etib kelayotgan eng namunali filial

Mamlakatimizda zamonaviy mobil aloqa kompaniyalari ichra Ucell’ning o‘z o‘rni bor. Biz kompaniyaning qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi hududiy bo‘limi faoliyati bilan tanishdik. Viloyatda 430 mingdan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatib kelayotgan Buxoro hududiy bo‘limi shu kunlarda o‘zining 20 yilligini nishonlamoqda.

Ucell shu maqsadda ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlardan iborat guruhni Buxoroga press-turga chorladi. Kun.uz muxbirlari ham ushbu tadbirda ishtirok etishdi.

Kompaniyaning Buxoro markaziy ofisida bo‘lib o‘tgan taqdimot jarayonida Ucell-Buxoro sotuv bo‘yicha menejyeri Mehriddin Muhammedov kompaniyaning viloyatda 20 yil ichida bosib o‘tgan yo‘li bilan tanishtirdi.

— Buxoroda Ucell’ning ilk filiali 2000 yilning 2 fevralida Bahouddin Naqshbandiy ko‘chasida ochilgan. O‘sha paytda ofisda bor-yo‘g‘i sakkiz xodim ishlar, shahar hokimligi binosi tomida yagona qabul qiluvchi va uzatuvchi bazaviy stansiya (BTS) ishga tushirilgan edi.

Ayni kunda Buxoro ofisida 40 dan ziyod xodim faoliyat olib bormoqda, ularning 19 nafari texnik xizmat ko‘rsatish personalidir.

2020 yil boshiga kelib, viloyatda 300 dan ortiq qabul qiluvchi va uzatuvchi bazaviy stansiyalar, 160 ta savdo nuqtalari mavjud va ularning 30 tasi Ucell mono-brend nuqtalari sanaladi. Ular 430 mingdan ortiq Ucell abonetlariga xizmat ko‘rsatmoqda.

Birgina 2019 yil davomida Buxoro viloyatida 4G yuqori tezlikli ma'lumot uzatish standartidagi 60 ta yangi bazaviy stansiyalar o‘rnatildi va ishga tushirildi, — dedi M.Muhammedov.

Qayd etib o‘tish kerak, Ucell kompaniyasining Buxoro filiali bir necha bor eng yaxshi hududiy ofis maqomini qo‘lga kiritgan. Koll-markaz operatorlari o‘rtasida ularning bilimi va salohiyatini tekshirish maqsadida har chorakda rejali ravishda o‘tkaziladigan «Quiz» test sinovlarida «Ucell-Buxoro», mana, to‘rt yildirki, eng yaxshi natija va yetakchilikni boy bermasdan kelmoqda.

Shu yerda Buxoro ofisining eng yaxshi xodimlariga maqtov yorliqlari topshirildi.

Buxoro ofisining tashkil topgan kunida xayriya aksiyasi ham uyushtirildi. Buxoro shahridagi «Baxt uyi»da viloyatdagi reabilitatsiya markazlariga Internetga ulangan USB-modemlar topshirildi. Bunday modemlar uchun «Ucell-Buxoro» maxsus tarif plani ishlab chiqilgan bo‘lib, sim-karta faoliyat uchun eng kerakli saytlarga cheklovlarsiz ulanish imkonini beradi.

Bunday elektron kutubxona sirasiga O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligi, Kun.uz internet sayti, shuningdek, o‘z biznesini ochish va boshlash arafasida turganlar uchun yuridik, axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan boshqa saytlar kiradi. Bu yolg‘iz kishilar, kam ta'minlangan oilalar va ularning farzandlari, yolg‘iz onalarga o‘z vaqtida har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun tuzilgan reabilitatsiya markazlari ishiga yordam beradi.

Press-tur doirasida jurnalistlar va blogerlar Buxoro tarixiy qismining markazida — Mehtar Anbar ko‘chasida joylashgan «Asia Bukhara» mehmonxonasining tomiga o‘rnatilgan yangi bazaviy stansiyani ham borib ko‘rishdi.

Ucell-Buxoro’ning bosh injyeneri Firdavs Imomov bazaviy stansiyalarni o‘rnatish bilan bog‘liq savollar majmuasi haqida batafsil so‘zlab berib, kompaniyaning hududlar uchun mo‘ljallangan kelgusi rejalari haqidagi savollarga javob berdi.

Jurnalistlar shuningdek, Sabina Begim AIR firmasiga tegishli dilerlik punktida ham bo‘lishdi. Firma rahbari 10 yildirki, Ucell bilan hamkorlik qilib, biznes yuritib keladi. Ayni paytda u Xalq deputatlari Buxoro shahar kengashining deputati hamdir.

Qayd etib o‘tish kerak, Ucell kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan taassurotlarga boy press-tur shu bilan tugagani yo‘q. 2020 yilda «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) kompaniyasining hududlardagi barcha bo‘limlariga sayohat uyushtirish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top