Xitoyda koronavirus qurbonlari va u bilan kasallanganlar soni ortmoqda.
5 fevral yarimtuniga ko‘ra, koronavirusdan bir kunda 73 kishi vafot etib, qurbonlarning umumiy soni 563 nafarga yetdi. Kasallanganlar esa 28018 kishini tashkil qilmoqda, 1153 kishi sog‘ayib ketgan.
Qurbonlarning deyarli hammasi – 549 kishi virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bir kun avval koronavirusdan 24,3 ming kishi kasallangani, 490 kishi vafot etgani ma'lum qilingandi.