
Koronavirus tarqalishi munosabati bilan Xitoydagi o‘zbekistonliklarni vatanga olib kelish bo‘yicha belgilangan uchta charter reysning so‘nggisi parvozga chiqqan bo‘lib, bir necha soatda Toshkent aeroportiga qo‘nishi kutilyapti.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi vakilining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, hozircha mazkur uchta reysdan tashqari boshqa charter parvozlar amalga oshirilishi rejalashtirilmayapti.
Bundan oldin Pekin va Uxandan amalga oshirilgan reyslarda jami 329 nafar o‘zbekistonlik vatanga olib kelingan, shuningdek Qozog‘iston tomonining so‘rovi asosida 5 nafar qo‘shni mamlakat fuqarosi ham keltirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 4 fevraldan Xitoyga muntazam qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan.