12:41 / 07.02.2020
0
66962
Epidemiya ichidagi hayot: Xitoyda to‘ylar bekor qilindi va tish tozalagichdan foydalanishning yangi usuli topildi

2003 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) paytida Xitoy hukumati jamoat transportini dezinfeksiyalashga qaror qilgandi. Avtobus va poyezdlarda xlor quyilgandi - virusga qarshi kurashish va xo‘jako‘rsinga - sirli yangi kasallikka qarshi faol choralarni aholiga namoyish qilish uchun. 

Qo‘lbola niqoblarning barchasi ham samarali va xavfsiz emas / GETTY IMAGES

Hech narsadan shubhalanmagan yo‘lovchilar sotib olingan chiptalarga ko‘ra joylarni egallashadi, lekin tashqariga chiqishganida shimlar va yubkalarning o‘rindiqqa tekkan qismi oqarib ketganini ko‘rib hayron qolishadi. 

Bu safar hammasi boshqacha. 11 million kishilik Uxan shahrida karantin e'lon qilingan, aholiga jamoat transportidan foydalanmaslik va umuman ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi. 

Shaharda qolib ketgan har bir mehmon epidemiya markazida hayotga moslashishga harakat qilmoqda. 

O‘z-o‘zini himoya qilish

Tibbiy niqoblar tanqisligi uy jonivorlariga ta'sir qilgan / GETTY IMAGES

Xitoyda niqoblar har doim mashhur bo‘lib kelgan, chunki ular ifloslangan havoni filtrlaydi, mikrob va viruslardan himoya qiladi va bundan tashqari makiyajni asl holatida saqlaydi. 

Yangi virus tarqalishi e'lon qilinganidan bir necha kun o‘tgach Xitoy va unga qo‘shni mamlakatlarda tibbiy niqoblar sotib tugatilishi ajablanarli holat emas. 

Uxandan ming kilometr janubda joylashgan Syamin shahridagi ma'murlar internetda lotereya uyushtirishdi. Sovrin - niqoblar zaxirasi. Bu ish odamlar uzundan-uzoq navbatlar tashkil qilmasligi uchun o‘ylab topilgan.

«Mening birinchi lotereyam yutuqqa niqob qo‘yilgan bo‘ladi deb hech o‘ylamagan edim! Uy ham, mashina ham, stadionga chiptalar ham emas, niqoblar!», - deb yozadi mahalliy aholi vakillaridan biri Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Yuz niqoblari peshtaxtalardan zum o‘tmay yo‘qolib qolyapti, vaholanki ular virus yuqishini oldini olishi mutlaqo tasdiqlanmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) niqoblarning o‘zi yetarli emasligini, muhimi qo‘llarni muntazam va yaxshilab yuvish kerakligini ta'kidlamoqda.

Ba'zi hududlardagi aholi yetarli darajadagi tayyorgarliksiz blok-postlar qurib olishmoqda. Ulardan birida siz teatrga xos ko‘rinishdagi bolta va «Begonalar o‘tmaydi!» yozuvi bilan qurollangan kishini ko‘rishingiz mumkin. 

Har bir oilada zarur xaridlarni amalga oshirish uchun faqat bitta odamni yuborish imkoniyati mavjud. Ularning ism va manzillari yozib olinadi.

Kurer xizmatlari yuzaga kelgan vaziyatga tez moslashdi va xaridlarni mijozlar olishi mumkin bo‘lgan pochta bo‘limida qoldirmoqda. Shunday yo‘l orqali, kurer va xaridorlar yuzma-yuz uchrashmaydi. 

Odamlar qo‘llari bilan tugmalarga tegmasliklari uchun ko‘p qavatli binolarda tish cho‘tkalari va qog‘oz sochiqlardan foydalanishmoqda

Hozir Uxanda xavfsiz lift chaqirishda tish tozalagichdan foydalanishmoqda / TIKTOK

Muallaq holati

Romantiklarga qiyin bo‘ldi. 2 fevral yakshanbani (02.02.2020) ko‘plab xitoyliklar nikoh uchun juda qulay kun deb hisoblashgan. 

Ammo Pekin shahri FHDYo idorasi odamlar to‘planishi oldini olish maqsadida poytaxtda nikoh ro‘yxatga olinmasligini e'lon qildi. 

Pekin va boshqa ko‘plab shaharlardagi sevishganlar to‘y haqida faqat orzu qilishlari mumkin / GETTY IMAGES

Shu kuni Uxandan ming kilometr narida joylashgan Sichuan shahrida 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi. 

Mahalliy aholi og‘ir tanlovga duch keldi: xarobalar ostida tiriklayin ko‘milish xavfiga qaramay bino ichida qolish yoki koronavirus yuqishi ehtimoliga qaramay ko‘chaga chiqish.

Yaxshiyamki, binolar zarar ko‘rmadi va hech kim o‘lmadi.

Endi ko‘plab maktablarda darslar masofadan turib, internet orqali olib borilmoqda. Ingliz tilidagi Xitoy davlat gazetasi Global Times nashrining xabar berishicha, 1 fevral kuni mamlakatdagi 12 milliondan ortiq o‘quvchi onlayn tahsil oldi. 

Yangi virusni tadqiq qilayotgan mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu infeksiyadan o‘lish ehtimoli SARS virusidagiga qaraganda ancha past. 

Ammo olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishga urinayotgan bir paytda, aksariyat insonlar yuqumli kasallikdan himoyalanishda o‘zlarining shaxsiy usullarini o‘ylab topishmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top