01:06 / 07.02.2020
0
9019
Ispaniya Kubogi. «Real» gollarga boy o‘yinda mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Foto: Reuters

Ispaniya Kubogining chorakfinalida «Real» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda «qirollik klubi» mag‘lubiyatga uchradi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. 

Mehmonlar safida Edegor, Isak (2ta), Merino to‘p kiritgan bo‘lsa, javob gollariga Marselo, Rodrigo va Nacho mualliflik qildi.

Ispaniya Kubogi, 1/4 final

Real Madrid – Real Sosedad 3:4
6 fevral, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Marselo (59), Rodrigo (81), Nacho (90+3) – Edegor (22), Isak (54, 56), Merino (69).
Real Madrid: Areolya, Nacho, Militao, Ramos, Marselo, Valverde (Yovich, 76), Kroos, Vinisius, Xames (Modrich, 46), Braim Dias (Rodrigo, 76), Benzema. 
Real Sosedad: Remiro, Gorosabel, Monreal, Elustondo, Le Norman, Edegor (Gevara, 64), Subeldiya, Yanuzay (Barrenechea, 46), Merino, Oyarsabal, Isak (Munos, 70).
Ogohlantirishlar: Edegor (11), Le Norman (19), Subeldiya (66), Militao (78), Gorosabel (86), Vinisius (90+5).
Chetlatish: Gorosabel (90+6).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top